“YONG’INDAN OGOHLIK” UMUMMILLIY KAMPANIYASI TUMANIMIZ UZRA DAVOM ETMOQDA
2023-09-23 16:14:34 148
“Yong’indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tumanimiz uzra davom etmoqda
Kuz-qish faslida favqulodda vaziyatlar va noxush holatlarning oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgust kunidagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Yong’indan ogohlik” umummilliy kampaniyasini o’tkazish belgilab berilgan. Mazkur jarayonlarni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta'minlash maqsadida So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida, hamda tibbiyot-profilaktika maskanlarida profilaktika ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad unib-o’sib kelayotgan yoshlarni yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish borasida bilim va ko’nikmalariga ega bo’lishini hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, bunday vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish kerakligini ta'minlashdan iboratdir. Ushbu tadbirni samarali o’tkazish borasida So’x tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan tuman bo’ylab profilaktik tadbirlar, seminar va davra suhbatlari o’tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar tumanimizning tibbiyot birashmasida o’tkazildi. Shuningdek, tumandagi savdo rastalari va guzarlarida o’rnatilgan monitorlarda ham mavzuga oid targ’ibot ishlari olib borilayapti va mazkur ishlar ham fuqarolarimizni ogohlikka chaqirishiga umid bildiramiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram