Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-09-21 16:51:15    176

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

“Temir daftar”dagilar qanday imtiyozlardan foydalanadi?

1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila a'zolari ishga joylashtiriladi

“Temir daftar”dagi oilalarning ishsiz a'zolari bandligini ta'minlash quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

•       yangi ish o’rinlariga ishga joylashtirish;

•       mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o’rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

•       qishloq xo’jaligi bo’limlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish, g’alladan bo’shagan yerlarda takroriy ekin ekish va oborotdan chiqib ketgan yerlarni o’zlashtirish hisobiga bandlikni ta'minlash;

•       kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitishni tashkil etish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, o’zini o’zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko’maklashish;

•       qurilish ob'ektlariga ishga joylashtirish.

2. Tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko’maklashiladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarda quyidagi yo’nalishlarda ko’maklashiladi:

•       engil konstruksiyali issiqxonalar o’rnatish;

•       parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo’lga qo’yish;

•       “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala do’konlari”ni tashkil etish.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga dehqonchilik bilan shug’ullanish uchun yangi o’zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berish, ajratilgan yer maydonlarini sug’orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug’orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta'minlash, berilgan yerlarni o’zlashtirish uchun (er haydash, urug’, ko’chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish ishlari amalga oshiriladi.

3. Tadbirkorlikka jalb qilinadi

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:

•       biznes loyihalarni hududlarning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni o’rgatish;

•       oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olishga ko’maklashish;

•       kredit ajratilgandan so’ng kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tadbirkorligini rivojlantirishni doimiy qo’llab-quvvatlash.

Kreditlar “Temir daftar”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan fuqarolarning tadbirkorligini yo’lga qo’yish va rivojlantirishga yo’naltiriladi.

4. Moddiy yordam ko’rsatiladi

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro’yxatlar asosida bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Bir martalik moddiy yordamni to’lash uchun oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko’rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko’rsatilgan ro’yxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.

Tasdiqlangan bir martalik moddiy yordam to’lovlari har oyning 5 — 27-kunlarida amalga oshiriladi.

Bir martalik moddiy yordam ajratish kalendar yil davomida bir marta amalga oshiriladi.

5. Tibbiy xizmat ko’rsatiladi

Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat ko’rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

•       tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda o’rganiladi;

•       o’rganish natijasi bo’yicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a'zolari tibbiy ko’rikdan o’tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;

•       tibbiy ko’rik natijasi yuzasidan ko’rsatma bo’yicha oila a'zolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitda davolanadi;

•       nogironlik belgilari aniq namoyon bo’lgan bemorlar belgilangan tartibda ko’rikdan o’tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

“Temir daftar” qanday shakllantiriladi?

“Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

•       kam ta'minlangan oila, deb e'tirof etilgan oilalar;

•       ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo’lgan a'zolari mavjud oilalar;

•       kam ta'minlangan yakka-yolg’izlar va keksalar;

•       boquvchisini yo’qotgan ehtiyojmand oilalar;

•       ko’p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko’makka muhtoj oilalar;

•       mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

•       tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og’ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a'zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo’lmagan oilalar);

•       noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o’zi yoki birgalikda yashovchi oila a'zolarining nomida turar joy bo’lmagan ehtiyojmand oilalar.


Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram