Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 212 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISLOHOTLAR JARAYONIDA MAHALLIY KENGASHLAR DEPUTATLARI HAM FAOL ISHTIROK ETMOQDA

×

 2023-09-20 17:16:37    100

PDF yuklash
Chop etish


Islohotlar jarayonida mahalliy Kengashlar deputatlari ham faol ishtirok etmoqda

O’zbekiston Respublikasi “Deputatlar maqomi” to’g’risidagi Qonuning 6-7 moddalariga asosan Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inining “Haqiqat” ko’chasida deputat, mazkur mahalla raisi Subhonali Nishonov ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Mazkur tadbirda mahallada ichimlik suvi ta'minoti bilan bog’liq muammolar, elektr tarmog’i tortish va ta'mirlash, internet tarmog’i tortish va tabiiy gaz ta'minoti masalalari tahlil etildi.

Aytish lozimki, bugun deputatlar ishtirokida ta'lim sohasidagi islohotlar jarayoni ham o’rganilmoqda. Deputat Subhonali Nishonov tuman markazidagi 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida mazkur mahalla raisi Dodomajid Majidov bilan birgalikda bo’lib, mazkur muassasa faoliyati bilan tanishdilar va muassasa mutasaddilari bilan bo’lgan suhbatda berilayotgan e'tibor doirasida o’sib kelayotgan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasi va oziq-ovqat ta'minotiga mas'uliyatli bo’lish lozimligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Tadbirda O’zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasiga berilayotgan alohida e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani o’sib kelayotgan barkamol avlod kelajagiga qaratilgani alohida qayd etib o’tildi.


                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram