Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-09-20 17:15:01    185

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari ekologiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ko’rib chiqadi

“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun (O’RQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to’g’risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonunlarga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo’yicha choralar ko’rishi belgilandi.

Shuningdek, Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo’yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o’zgartishlar kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o’tgach kuchga kiradi.


Xamdamov Javohirbek Sherzodbek o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram