AHOLINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLASH MAQSADIDA SOHIBKOR MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2023-09-19 18:38:48 130
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida Sohibkor mahallasida amaliy ishlar qilinmoqda
Ayni kunda tumanimizning 1-sektori hududidagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda. Mahalla raisi Habibjon Olimovning xabar berishicha, mahallada bugun mutaxassislar tomonidan tik quduq qazish ishlari boshlab yuborilgan.
Mazkur ishlar “Yangi avlod qurilish invest” MChJ mutasaddilari tomonidan amalga oshirilyapti. Tik quduq qazish uchun MChJ tomonidan kerakli qurilish ashyolari olib kelingan.
Mutaxassislarning ma'lumotiga ko’ra, yangi qazilayotgan quduqning chuqurligi salkam 50 metrni tashkil etadi. Mahalla raisning bildirishicha, mahalla ahlini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 9,3 kilometr masofaga ichimlik suvi quvurlari yotqizilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram