KO’CHMAS MULK TARIXINI ONLAYN TEKSHIRSA BO’LADI
2023-09-16 17:43:24 179
Ko’chmas mulk tarixini onlayn tekshirsa bo’ladi
Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko’chmas mulk tarixi ma'lumotlarini taqdim etish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatishni yo’lga qo’yishga yo’naltirilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 380-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ko’chmas mulk tarixi ma'lumotlarini taqdim etish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:
· DXMga tashrif buyurgan holda;
· YaIDXP yordamida;
· davreestr.uz. orqali.
Bunda ko’chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so’rovnoma to’ldirib, BHMning 0,5 baravarini to’lash lozim.
Natijalar quyidagi shakldagi ma'lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.
Ma'lumotnomada:
· ko’chmas mullka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o’zgartirishlar);
· davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sana;
· huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram