SO’XDA QARIYB 22 MILLION SO’MLIK ALIMENT QARZI TO’LIQ UNDIRILDI
2023-09-14 18:42:54 127
So’xda qariyb 22 million so’mlik aliment qarzi to’liq undirildi
Ota o’z farzandini ta'minoti uchun aliment majburiyati mavjudligini bila turib, bir yildan ortiq muddatda bu majburiyatni bajarmasligi oqibatida alimentdan 21,8 million so’m qarzdorlik vujudga keladi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor M.N.ga bu majburiyatni bajarilmaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirilishiga qaramay mas'uliyatni his etmaydi.
Oxir-oqibat, qarzdor 15 kunga panjara ortiga ravona bo’lmaslik uchun ma'muriy ish materiallarini sudga yuborish jarayonida 21,8 million so’mlik qarzini to’lashdan boshqa chorasi qolmaganligini tushunib yetdi va undiruvchi S.N.ning ishonchli vakiliga qarz summasini naqd pul shaklida to’liq to’lab berdi.
Shu bilan birga, kelgusida ham aliment to’lovlarini oyma-oy, o’z muddatida amalga oshirib borishga va'da berdi.
Jasurbek Abdumuxamadov - boshqarmaning katta inspektori
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram