TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2023-09-14 18:40:08 141
Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 76-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman sektorlari rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga raislik qilgan tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev sessiyani ochib, ishtirokchilarga kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
Sessiya kotibini saylangandan so’ng ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar muhokamasiga kirishdilar.
Kun tartibidagi birinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408 sonli qarorining 10.1 bandiga asosan tumanda qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tuman gazlashtirish va yo’l xo’jaligi boshqarmasi idoralari tomonidan 2023-yilni 8-oyida qilingan ishlar to’g’risida tuman yo’l xo’jaligi boshlig’i Xabibjon Mirzayev va “Hududgaz Farg’ona” GTF “So’x Gaz” GTB boshlig’i Shohzod Hisenovlar ma'lumot berishdi.
Kun tartibiga qo’ilgan ikkinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi PQ-92-sonli qarorining 3-ilova 27.2-bandiga asosan, Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan mahallalardagi mavjud muammolarni o’rganish va ularni yechimlari bo’yicha qilingan ishlar to’g’risida nuroniylar jamoatchilik Kengashi tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi Abdushukur Turaboyev sessiya ishtirokchilarga ma'lumot berdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala - tumanda yo’l xarakati xavfsizligini ta'minlash borasida 2023-yilning 8-oyida bajarilgan ishlar to’g’risida sessiya ishtirokchilari tuman IIB, JXX, YXXG katta inspektori mayor Shuhratjon Turayevning axborotini eshitdilar.
Kun tartibidagi navbatdagi masala kam ta'minlangan, yordamga muhtoj fuqarolarni moddiy qullab-quvvatlash to’g’risidagi tuman sektorlari rahbarlarining xatlari to’g’risida Xalq deputatlari So’x tuman Kengashi kotibiyat mudiri Masutjon Jumayev ma'lumot berdi.
Sessiya kun tartibga qo’yilgan masalalar bo’yicha ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 76-sessiyasiga yakun yasaldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram