Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-09-14 18:37:58    95

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Muddatli mehnat shartnomasi muddat tugashi bilan bekor qilinmasa, u nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi

Mehnat shartnomasi istalgan vaqtda ish beruvchi va xodim kelishuviga ko’ra ular belgilagan kundan boshlab bekor qilinishi mumkin (Mehnat kodeksi 157-modda)

Bunda ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnat shartnomasiga yozma shaklda qo’shimcha kelishuv tuziladi.

Mazkur kelishuvda shartnoma bekor qilinadigan sana, kelishuv tuzilgan sana hamda ish beruvchi va xodimga oid ma'lumotlar ko’rsatiladi. Kelishuvda sharnoma bekor bo’ladigan sana sifatida istalgan muddat ko’satilishi mumkin, masalan muddat bir necha kun, oy, yil bo’lishi mumkin.

Muddatli mehnat shartnomasi esa unda ko’rsatilgan muddat tugashi bilan bekor qilinadi.

Mehnat shartnomasidagi muddat tugaganidan keyin shartnomani bekor qilish niyatida bo’lgan taraf, ya'ni xodim yoki ish beruvchi bir-birini kamida 3 kun oldin yozma ogohlantirishi kerak.

Masalan, shartnoma muddati 10 iyulda tugashi belgilangan bo’lsa, uni bekor qilishni ish beruvchi istasa, ish beruvchi xodimni 7 iyulgacha yozma xabardor qilish kerak. Aksincha, xodim ishdan bo’shashni istasa, ish beruvchini 7 iyulgacha yozma xabardor qilish kerak.

Bu qoida, xodim ish o’rni, lavozimi saqlanayotgan boshqa xodim o’rniga ishga olinganda qo’llanilmaydi, bunda mehnat shartnomasi ish joyi saqlanayotgan xodim ishga chiqqan paytdan boshlab bekor qilinadi.

Masalan, xodim “dekret”ga chiqqan boshqa xodimning o’rniga ishga olinganda, “dekret”dagi xodim ishga qaytishi bilan shartnoma bekor bo’ladi.

Mehnat shartnomasi muddati tugaganidan keyin 1 haftada ish beruvchi ham, xodim ham sharnomani bekor qilishni talab qilmasa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

Endi uni “muddati tugashi munosabati bilan” degan asos bilan bekor qilib bo’lmaydi.

Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda shartnomada ish beruvchi yoki xodim neustoyka to’lashi belgilanishi mumkin.

Neustoyka – shartnoma sharti bajarilmaganida to’lanadigan pul summasi.

Bunda, shartnoma ish beruvchi tomonidan xodimning aybisiz bekor qilinganda, ish beruvchi xodimga neustoyka to’laydi, aksincha bo’lsa, ya'ni xodim tashabbusi yoki aybi bilan shartnoma bekor bo’lsa, xodim neustoyka to’laydi.

Eslatma: neustoyka faqat shartnomada ko’rsatilgan bo’lsagina to’lanadi.

Qodiraliyev Murodjon Yusubjonovich - Farg’ona shahar adliya bo’limi bo’lim boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram