SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-09-12 17:50:46 147
Savol bering, javob beramiz
ALIMENTNI 2 OY TO’LAMASLIK JINOIY JAVOBGARLIKKA OLIB KELIShI MUMKIN!
Savol:
Voyaga yetmagan bolalarga qancha vaqt aliment to’lamaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinmi?
Javob:
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga ko’ra, moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo’yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug’iga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to’lamaslik, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo’yicha qarzdorlikni to’liq to’lagan bo’lsa, u bunday javobgarlikdan ozod qilinadi.
MIB So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram