DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
2023-09-12 17:46:27 138
Dolzarb masalalar muhokama etildi
Tuman hokimligining masjlislar zalida tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev rahbarligida tuman mahalliy byudjetining sentyabr oyi uchun belgilangan rejasining bajarilishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 57-sonli qarori asosida kuyosh panellarini o’rnatish, Prezidentimizning 93-sonli Farmoni asosida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini bajarilishi, tijorat banklardagi mavjud muammoli kreditlarni undirish, yangi tashkil qilingan sanoat korxonalari faoliyatini o’rganish va ularga ko’maklashish hamda boshqa masalalar yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda sentyabr oyida mahalliy byudjetga belgilab berilgan rejalar ijrosi, tumandagi tijorat banklarda yangi ochilgan sanoat korxonalarining hisob raqamlarini ochish, barcha hokim yordamchilari tomonidan mahalla fuqarolar yig’inlarida kichik biznes sub'ektlar soni va ishlab chiqarish hajmini 2-barobarga oshirish, aholiga xizmat ko’rsatish, tuman bandlikka ko’maklashi markaziga ish surab murojaat qilgan fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish, aholiga quyosh panellar o’rnatish masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko’lami tahlil eildi. Yuqoridagi masalalarning ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram