SO’X TUMANI FUQAROLARI DIQQATIGA!
2023-09-11 18:50:23 161
So’x tumani fuqarolari diqqatiga!
Kuz-qish mavsumi hamda isitish davrida turli favqulodda vaziyatlar va yong’inlarning oldini olish bo’yicha quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
Xonadoningizdagi isitish pechlarining dudburolarini tozalab, texnik ko’rikdan o’tkazing;
Xonadoningizdagi elektr va gaz uskunalarini ko’rikdan o’tkazib, sozligiga ishonch hosil qiling;
Xonadoningizning tom qismida yonuvchan mahsulotlarni (somon, hashak, supurgi qoldiqlari va hokazo) saqlamang;
Erto’lalarga isitish qozonxonalari va maishiy gaz ballonlarini joylashtirmang;
Isitish pechining ostiga kamida 1,5x1,5 m2 o’lchamda temir yoki tunuka joylashtiring hamda tutun yo’lini ko’zdan kechiring. Tutun yo’li atrofdagi yonuvchan mahsulotlarga tegmasligiga ishonch hosil qiling.
Ushbu tavsiyalarga amal qiling, o’zingiz va oila a'zolaringizni asrang. Doimo hushyor va sergak bo’ling, beparvolikka aslo yo’l qo’ymang.
Favqulodda vaziyatlar yoki yong’inlar sodir bo’lganda, zudlik bilan 101 yoki (73) 462-50-01 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram