Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK YOSH KARATECHI – JAHON CHEMPIONI!

×

 2023-09-11 18:49:21    116

PDF yuklash
Chop etish


So’xlik yosh karatechi – jahon chempioni!

Respublikamiz poytaxti – Toshkent shahrida 8-10 sentyabr kunlari sportning shotakan karate-do bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi. Jahon karatechilarini birlashtirgan ushbu musobaqalarda So’x tumani vakili ham ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgani barchamizni birdek quvontirdi.     

70 kilogramm vaznlilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda So’x tumani vakili, Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, 3-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi 8-sinf o’quvchisi Ozodbek Burhoniddinov 16-17 yosh toifasida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Ozodbekka o’z vazni toifasida jahon chempionatining oltin medali taqdim etildi. Mazkur musobaqalarda jahonning 32ta davlatidan sportchilar ishtirok etdi.

Ozodbekni ushbu muvaffaqiyat bilan barcha tuman ahlmi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Muvaffaqiyatlar va omad bardavom bo’lishini tilab qolamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram