Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2023-09-08 16:09:42    147

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar


Jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyutani bojxonadan deklarasiyasiz olib o’tish miqdori oshirildi


 Vazirlar Mahkamasi qarori (443–son, 04.09.2023-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi


 Qarorga ko’ra:


 Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so’m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O’zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yo’lovchi bojxona deklarasiyasini to’ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo’li bilan bojxona nazoratidan o’tkaziladi. Ilgari 70 million so’m edi.


 Jismoniy shaxslar deklarasiya to’ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag’larini bojxona nazorati shakllari qo’llanilmasdan oldin deklarasiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklarasiya to’ldirish qoidalari bilan bog’liq umumiy tushuntirishlar beriladi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.


 Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o’tgach kuchga kiradi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram