Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’P TARMOQLI CHORVACHILIK XO’JULIKLARINI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHGA DOIR SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-09-08 16:08:34    98

PDF yuklash
Chop etish


Ko’p tarmoqli chorvachilik xo’juliklarini tashkil etish va rivojlantirishga doir seminar tashkil etildi

Bugun Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan “Orzui Qambari Rahmon” chorvachilik fermer xo’jaligida qishloq xo’jalik sohasi vakillari ishtirokida tumanda chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda qatnashgan tuman hokimi Sakyidbahrom Sayidmusayev va tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovlar soha vakillari bilan ushbu dolzarb mavzuga doir suhbat qildi.

Aytish lozimki, tumanimizda chorvachilik ham o’z o’rniga ega sohalardan hisoblanadi. “Orzui Qambari Rahmon” fermer xo’jaligi tumanimizdagi eng yirik xo’jaliklardan biridir. Fermer xo’jaligi rahbari Ravshanjon Qambarovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur xo’jalikning umumiy yer maydoni salkam 9,5 gektarni tashkil etadi.

Fermer xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, ushbu xo’jalikda 11 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlangan. Xo’jalikda jami bo’lib 47 bosh yirik shoxli qoramol mavjud bo’lib, shudnan 20 boshini sigir tashkil etadi. Mayda shoxli hayvonlarning umumiy miqdori 35 boshni tashkil etadi.

Fermer bugun berilayotgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda faoliyatini kengaytirib, parranda va asalari boqishni ham yo’lga qo’ygan. “Izlagan imkon topar” degan maqolga amal qilib faoliyat yuritayotgan fermerning yillik daromadi 200 million so’mdan ortiqroqni tashkil etadi.

Seminar ishtirokchilari fermer xo’jaligida boqilayotgan yirik va mayda shoxli qoramollar, parrandachilik, asalarichilikni ko’zdan kechirdilar va hayvonlar uchun beriladigan barcha ozuqalar fermer xo’jaligining o’zida tayyorlanishiga ham guvoh bo’ldilar. Tayyorlangan senaj mahsulotini ko’zdan kechirgan mutaxassislar uning yuqori sifatli ekanligini qayd etib o’tishdi.

Ayni kunda fermer xo’jaligida chorva mollar parvarishi uchun 50 tonna somon, 40 tonna silos, 6 tonna quruq pichan, 3 tonna quruq beda, 10 tonna dag’al ozuqa, 3 tonna makka suttasi tayyorlab qo’yilgan va 2 gektardagi takroiy makka silos mahsuloti yig’ib terib olish arafasida turibdi. Tuman hokimi mazkur tadbirda tumanda chorvachilikni rivojlantirish va ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari faoliyatini kengaytirishga doir o’zining zaruriy ko’rsatma, taklif va tavsiyalarini berib, mutasaddilarga bu bo’yicha kerakli vazifalar yukladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram