Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’QUV YILI BOSHLANDI. MAKTABLARIMIZDA NIMA GAPLAR?

×

 2023-09-07 17:58:23    149

PDF yuklash
Chop etish


Yangi o’quv yili boshlandi. Maktablarimizda nima gaplar?

Yangi 2023-2024 o’quv yili boshlandi va barcha umumta'lim maktablarda dars jarayonlari belgilangan tartib va qoidalarga asosan olib borilmoqda. Biroq, ba'zi ta'lim dargohlarida yillar osha to’planib qolgan muammo va kamchiliklar ham borki, ularni bartaraf etish har birimizdan yuksak mas'uliyatni talab etadi.

Devayron mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 17-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida dars jarayonlari bir smenada olib boriladi, tabiiyki, o’quvchilar soni kamligi bois, maktabga qo’shimcha bino qurish uchun ehtiyoj umuman sezilmaydi. Biroq, mazkur maktabda yuqorida qayd etgan muammo va kamchiliklar ham borki, ularni bartaraf etish kunning asosiy mavzusiga aylanib qolgan.

Maktab direktorining ma'lumotiga ko’ra, maktab binosi yigirmanchi asrning 90-yillarida qurib bitkazilgan va mazkur inshoot ikki qavatdan iborat bo’lib, ta'lim dargohining bir qismi faoliyat yuritmayotganligi bois, ta'mirtalab bo’lib qolgan. Maktabda bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktab kutubxonasi, binoning ikkinchi qismida joylashgan va ayni kunda bo’sh turgan oshxona, majlislar zalini ko’zdan kechirdi.

Mazkur binoda ta'mirlash ishlarini amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta imkoniyat bor va barcha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan tuman hokimi maktab ma'muriyati va mahalla beshligiga o’z takliflarini bildirdi. Hatto tashabbus ko’rsatib, “Openbudget” orqali ham mazkur binoda ta'lim dargohini rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etish mumkinligi aniqlandi.

Maktab sportzalini ko’zdan kechirgan tuman hokimi ta'lim dargohi ma'muriyatiga ta'mirlash  sifatiga alohida e'tibor berish lozimligini qayd etdi. Mutaxassislarni jalb etgan holda binoaning bo’sh qismini ta'mirlash bo’yicha hisob-kitob qilish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

Maktabning yuqori sinf o’quvchilariga birs soat dars o’tgan tuman hokimi talabalar bilan savol-javob qildi, o’quvchilarning bilim darajasi o’rganildi, ularning qiziqishlariga qiziqqan tuman hokimi talabalarga faqat bilim olish va ilm yo’lida astoydil intilish lozimligini qayd etdi va hatto talabalar o’rtasida she'rxonlik kechasi ham tashkil etildi. Mazkur sinfxona tuman hokimi homiyligida ta'mirlab beriladi va maktab kutubxonasiga yangi kitoblar va badiiy adabiyotlar taqdim etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram