MALBUTLIKLAR XONADONLARIGA SENTYABR OY OXIRIGACHA ICHIMLIK SUVI KIRIB BORADI
2023-09-07 17:51:19 148
Malbutliklar xonadonlariga sentyabr oy oxirigacha ichimlik suvi kirib boradi
Ayni kunda tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida “Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Qilingan sa'y-harakatlar tufayli ushbu yo’nalishdagi intilishlar o’z samarasini bermoqda.
Malbut qishlog’ida yashovchi aholi ham suv muammosidan aziyat chekishlarini hammamiz yaxshi bilamiz. Qishloqqa suv asosan Qirg’iziston hududidan keladi va undan mahalliy aholi ham sug’orish va ham ichimlik suvi sifatida iste'mol qilishadi.
“Yangi avlod qurilish invest” MChJ ishchi-xodimlari tomonidan Malbut qishlog’igacha salkam 5 kilometr masofaga ichimlik suvi quvurlari yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ichimlik suvi tarmog’i So’x daryosi o’zani hududida barpo etilgan tik quduqdan qishloqqa yetkazib beriladi.
Barcha ishlar tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov, shuningdek, jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilayotir. Ayni damda quvurlarning payvandlash ishlari amalga oshirilayotir.
“Yangi avlod qurilish invest” MChJ ish boshqaruvchisi Shavkatjon Yuldoshevning ma'lumotlariga ko’ra, sentyabr oyining oxirgi dekadasida mazkur ishlar oxiriga yetkaziladi. Shuningdek, MChJ hisobidan mahalla hududida yana bir dona tik quduq qaziladi va ushbu inshoot qo’shimcha manba sifatida Malbutliklarga xizmat qiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram