FAVQULODDA VAZIYAT
2023-09-04 18:32:37 147
Favqulodda vaziyat
"Olov - tilsiz yov" degan gap bor xalqimizda. "O’t balosidan asrasin" degan gapning negizida ham katta ma'no va mazmun mujassam.
Bugun Oftobru mahallasi "Sohil" ko’chasidagi 55-xonadonda yong’in chiqgan. Favqulodda vaziyatlar bo’limi yong’in xavfsizligi bo’limi va mahalla ahlining birdamligida yong’in o’chirildi va uning boshqa qo’shni xonadonga o’tmasligi oldi olindi.
Yong’in oqibatida mazkur oiladagi 8 ta xonadonga zarar yetkazilganligi ma'lum bo’ldi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi tezkor shtab a'zolari voqea joyida bo’lishib, yong’in oqibatlarini bartaraf etish choralari ko’rildi. Eng asosiysi, yong’inda oila azolari yoki qutqaruvchilarga zarar yetkazilmagan.
Yong’in oqibatlarini bartaraf etish uchun tuman avtomobil yo’llari boshqarmasi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi texnikalari va fuqarolarning shaxsiy avtoulovlari jalb etildi. Tuman hokimligi va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan mazkur oila a'zolariga xonadonlarni tiklash va qurish uchun yaqindan yordam beriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram