Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA G’ALLA EKISH MAVSUMI OLDIDAN SEMINAR O’TKAZILDI

×

 2023-09-04 15:55:56    108

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida g’alla ekish mavsumi oldidan seminar o’tkazildi


Tumanimizning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Ozod” shirkat xo’jaligining dalasida g’alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko’rgazmali seminar o’tkazildi.


Seminarda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas'ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. G’alla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko’rish, don ekish otryadlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta'minlash bo’yicha vazifalarni belgilab berdi.


Ma'lumot uchun: tumanda 2024 yil hosili uchun tumanda fa'oliyat ko’rsatayotgan 3 ta shirkat xo’jaliklari va 11 ta kup tarmoqli fermer xo’jaliklarining ekin yer maydoniga 450 gektar don ekish rejasi belgilangan. Tumanda 2024 yil hosilidan jami 1 125 tonna shundan 625 tonna jamg’arma hisobiga, 500 tonna birja orqali don sotish rejasi belgilab berilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram