Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GULLAB YASHNAYOTGAN SO’X

×

 2023-08-31 17:11:15    108

PDF yuklash
Chop etish


Gullab yashnayotgan So’x

      O’zbekiston Respublikasining eng chekka hududi hisoblanmish So’x tumanida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari samarasida tumanimiz ko’rkam qiyofa kasb etmoqda. So’x — g’oyat xushmanzara maskan. Baland tog’lar, tiniq buloqlar, jo’shqin soylar, yashil alanga kabi ko’kka talpingan archalar… Tumanning eng katta boyligi bu – uning mehnatkash, mehmondo’st va samimiy odamlaridir.

      Birgina men saylangan Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida imkoniyati cheklangan So’xlik bolajonlar uchun 7 milliard so’mlik maktabgacha ta'lim muassasasi, Hazrati Ali mahallamizda yashovchi aholi xavfsizligini ta'minlash uchun 6 milliard so’mga teng bo’lgan sel to’sish dambasi, 5 kilometr ichki yullarimizning asfalt qilinishi hamda 3 kilometr ichimlik suvi quvuri tortilib, 80 ga yaqin xonadonlarimizga “obi hayot” kelishi bu So’xlik, mehnatkash mehmondo’st va samimiy odamlari uchun “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” degan shiori ostida mahallamizdagi sayllarda, tadbirlarda, davra suhbatlarida bu g’oya bilan faxrlanib, ko’tarinki ovoz bilan zikr qilishlari qalblarga ruh baxsh etmoqda.

        Darhaqiqat, O’zbekiston Iison qadri ulug’langan yurt! Biz So’xliklar uchun Mustaqillik, bu yilda bir marta, faqat mustaqillik bayramida emas, har kuni, har soat fikr yuritiladigan, har dam shukr qilinadigan, qadri, sharafi, bardavomligi ko’z qorachig’idek asrab-avaylanadigan bebaho ne'matdir. Uning sharofati bilan ijtimoiy, ma'naviy va diniy qadriyatlarning qaytadan tiklanishi va rivojlanishi uchun keng yo’l ochildi. Mustaqillik bizga o’zligimizni qaytardi. Mustaqillik bizga dinu diyonatimizni qaytardi.

        Fursatdan foydalanib, mustaqilligimizning o’ttiz ikki yillik to’yi munosabati bilan butun vatandoshlarimizni muborakbod etaman.

Nishonov Subhonali To’rayevich – Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram