Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMLIGI VAKILLARI ISHTIROKIDA ISHSIZ AYOLLAR VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASHGA QARATILGAN OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

×

 2023-08-24 17:17:28    78

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi vakillari ishtirokida ishsiz ayollar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Respublikamizda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan alohida tizim orqali bugungi kunda hududlarda ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va ayollar bandligini ta'minlash, jinoyatchilikni oldini olish va uni jilovlash, ishlash istagi bor fuqarolarga imkoniyat yaratib berish bo’yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Zotan, ishsizlik bor joyda jinoyatchilik darajasi ham yuksaladi.

Viloyatimizda bevosita viloyat hokimi topshirig’i asosida Farg’ona viloyatini jinoyatchilikdan va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichi ijrosi yuzasidan takliflar tayyorlash bo’yicha mas'ul shaxslar biriktirilgan bo’lib, mazkur mas'ullar ishtirokida hududlarda turli tadbir va uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda tumandagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilariga viloyat hokimi topshiriq va ko’rsatmalarini etkazgan Farg’ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan biriktirilgan vakil so’zga chiqib, mazkur ko’rsatmalarni so’zsiz bajarish va ushbu yo’nalishda alohida tizim yaratish lozimligini ta'kidladi.

Ta'kidlandiki, barcha hududlarda ishchi guruhlar tomonidan ishni ma'lumotlar bazasini shakllantirish va uni chuqur tahlil etish uchun 10 kun muddatda tumandagi jami xotin-qizlar soni, shundan 18-55 yoshdagilari sonini aniqlab, ayollar ro’yxatini shakllantirish kerak. O’rganish va xatlov jarayonida har bir fuqaroga alohida yondoshilgan holda ularning kasbiy mahorati va qiziqishlarigacha hisobga olinadi.

Xatlov natijasiga ko’ra, barcha ma'lumotlarni bir joyga jamlab, tuman va shahar hamda viloyat darajasida 2023-2024 yillarga mo’ljallangan “Xotin-qizlar o’rtasida ishsizlikdan holi hudud” dasturlarini ishlab chiqiladi va ushbu dasturlar joylarda hokimlar va sektorlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Tadbir davomida ushbu yo’nalishda har bir mahallada faoliyat olib borayotgan mutasaddi vakil mustahkam hamkorlikda ish olib borishi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram