Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’QUV YILIDA HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANADI

×

 2023-08-24 17:13:00    95

PDF yuklash
Chop etish


Yangi o’quv yilida hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 5-sonli umumta'lim maktabida "Oila, mahalla, ta'lim muassasasi" hamkorligi doirasida maktab pedagogik jamoasi va ota-onalar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Mazkur tadbirda asosiy e'tibor davlatimiz Mustaqilligining 32-yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko’rish, "Oila, mahalla, ta'lim muassasasi" hamkorligini yangi bosqichga ko’tarish, farzand tarbiyasida ota-onaning mavqeini oshirish, hamda yangi o’quv yilida ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga erishish, sog’lom va yetuk insonlarni tarbiyalash yo’lida hamkorlikda faoliyat olib borish kabi mavzularda fikrlar yuritildi.

Maktab masalasi Respublikamizda davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarilgani mahalla raisi Subhonali Nishonov tomonidan ta'kidlandi. Tadbir yakunida ta'lim-tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erishgan ustozlar taqdirlandilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram