Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOMIYLIKSIZ QOLDIRILGAN BOLALAR DAVLAT HIMOYASIDA

×

 2023-08-24 10:39:51    254

PDF yuklash
Chop etish


Homiyliksiz qoldirilgan bolalar davlat himoyasida

Mamlakatimizda sud tizimini takomillashtirishga, tadbirkorlik sub'ektlari va fuqarolarning, shu jumladan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlashga, shuningdek maktabgacha ta'lim tizimini isloh etishga va yanada rivojlantirishga qaratilgan choralar ko’rilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 mart kungi 823-sonli O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish tug’risidagi Qonuni qabul qilingan. 

Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta'minlash, ma'muriy organlarning qarorlari ustidan ma'muriy sudlarga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksiga ma'muriy organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish muddatini                             3 oydan 6 oygacha ko’paytirishni nazarda tutuvchi o’zgartish kiritildi.

Shuningdek bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida zarur darajadagi vasiylik va homiyliksiz qoldirishning oldini olish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga tegishli o’zgartishlar kiritildi. Xususan, bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Bundan tashqari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini oshirish maqsadida ushbu Qonun bilan «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafardan 50 nafargacha ko’paytirilishini nazarda tutuvchi o’zgartish kiritildi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to’g’risida»gi hamda «Ma'muriy qamoqni o’tash tartibi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishli o’zgartishlar kiritildi.

Jumladan, «1221-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lgan bolani ota, ona yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma'muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa yoxud O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O’zbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishini ta'minlamaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha qilmish:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo’lsa;

b) badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazilishiga sabab bo’lsa, —

uch yuz oltmish soatdan to’rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha qilmish:

a) o’ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo’lsa;

b) jabrlanuvchining o’limiga sabab bo’lsa;

v) boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar shaxs O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lgan bolaning O’zbekiston Respublikasiga qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o’ttiz kun ichida ta'minlagan bo’lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek ilgari ushbu modda bo’yicha javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar mustasno».

Ushbu Qonun fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlashga, shuningdek barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

 

Abdullayev Shermuxammad Ro’zimatovich - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram