HAR BIR MUROJAAT NAZORATDA
2023-08-23 16:48:52 140
Har bir murojaat nazoratda
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirokida navbatdagi qabul o’tkazildi.
Qabulda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, oila turmush munosabatlari borasida bo’ldi.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish maqsadida tuman hokimi birinchi o’rinbosari tomonidan tashkilot va korxonalarning mutasaddi rahbarlariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram