SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-08-22 18:12:46 135
Savol bering, javob beramiz
Savol: Mavsumiy ishlar to’g’risida ma'lumot bersangiz
Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 491-moddasi talablariga asosan iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.
Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak.
Mavsumiy ishlarning, shu jumladan olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ayrim mavsumiy ishlarning ro’yxatlari va mazkur ayrim mavsumiy ishlarning eng ko’p davomiyligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram