Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLAR DAFTARI”DAGI 127 NAFAR FUQAROLARGA 400 MILLION SO’MDAN ORTIQROQ MABLAG’ HISOBIDA MODDIY YORDAM KO’RSATILDI

×

 2023-08-22 17:34:28    142

PDF yuklash
Chop etish


“Yoshlar daftari”dagi 127 nafar fuqarolarga 400 million so’mdan ortiqroq mablag’ hisobida moddiy yordam ko’rsatildi

Aytish lozimki, Respublikamizda aholi, ayniqsa, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo’yicha amalga oshirilayotgan samarali ishlar yoshlarimizga o’ziga xos kuch va ruhiyat bag’ishlamoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori asosida yoshlar muammolari tizimli hal etilmoqda. Tuman madaniyat markazida bo’lib o’tgan tadbirda ham “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlari ijrosi bo’yicha tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etib so’z olgan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov yoshlar muammolarini o’rganish va ularni tizimli hal etishga oid amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Tadbir jarayonida bir guruh yoshlarga murojaatlariga nisbatan ish va mehnat qurollari taqdim etildi.

Shuningdek, bir guruh yoshlarga o’z-o’zini band qilish uchun xarid qilinadigan mehnat anjomlari uchun bir martalik pul mablag’lari va moddiy yordam ham berildi.

Ma'lumot uchun: joriy yilning o’tgan davri mobaynida So’x tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 127 nafar yoshlarga 400 million 8 ming so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi. Jumladan:

- 63 nafar yoshlarga 159, 5 million so’m to’lov kontraktlari to’lab berildi;

- 18 nafar yoshlarga 61, 5 million so’m safarbarlik chaqiruv rezervi badali qoplab berildi;

- 9 nafar yoshlarga 11 million 130 ming so’m haydovchilik o’quv kurslari xarajatlari qoplab berildi;

- 17 nafar yoshlarga 114, 9 million so’m davolanish xarajatlari tulab berildi;

- 6 nafar yoshlarga 1 million 758 ming so’mga biometrik pasport olib berildi;

- 8 nafar yoshlarga o’zini-o’zi band qilish uchun 43, 3 million so’mga mehnat qurollari hamda asbob uskunalar olib berildi;

- 6 nafar yoshlarga 7 million 920 ming so’mlik bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi.

                           So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram