Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-08-19 16:37:02    103

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Testga kirishdan oldin nimalarni bilish kerak? 5 ta muhim savolga javob

1.     Testga kirishda o’zi bilan qanday hujjatlarni olish kerak?

Abituriyent test kuni binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kirishi kerak.

2.     Test varaqasida nuqson bo’lsa (masalan, matn to’liq bosilmagan, varoq tushib qolgan va h.k.) nima qilish kerak?

Abituriyent test materiallarida nuqson aniqlasa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi kerak.

3.     Javobni belgilashda ruchka ham ahamiyatlimi?

Abituriyent quyidagilar uchun shaxsan javobgar:

javoblarni havo rang pastali sharikli ruchka bilan yozish;

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig’iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo’yamaslik;

javoblar varaqasini to’g’ri to’ldirish;

test kitobini va javoblar varaqasini o’z vaqtida guruh nazoratchisiga topshirish.

Abituriyent har bir testga faqat bitta javob belgilashi shart.

4.     Qaysi holatlarda test uchun ball berilmaydi?

Javoblar varaqasida bo’yalgan javoblarni o’zgartirish mumkin emas.

Quyidagi holatlarda test uchun ball berilmaydi:

javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa;

javoblar varaqasida doiracha bo’yalmasa;

ikki va undan ortiq doiracha bo’yalsa;

– doiracha to’liq bo’yalmasa.

Abituriyent test vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, testdan chiqqan abituriyent qaytadan testga qo’yilmaydi.

Zarurat bo’lganda test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish mumkin.

5.     “Shpargalka” uchun qanday jazo bor?

Quyidagi hollarda abituriyent testdan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmaydi:

test o’tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo’lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

testda bir-biri bilan gaplashsa;

 test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test kitobi varag’ini yirtsa;

test uchun ajratilgan vaqt tugagandan so’ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

testda videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

Xamdamov Javohirbek Sherzodbek o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram