Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI BIRINCHI O’RINBOSARI SO’X TUMANIDA BO’LDI

×

 2023-08-19 16:33:12    120

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi birinchi o’rinbosari So’x tumanida bo’ldi

Bugun Farg’ona viloyati hokimi birinchi o’rinbosari Habib Sirojiddinov So’x tumaniga tashrif buyurib, tumanda iqtisodiy-ijtmioiy islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tumanga viloyat hokimi birinchi o’rinbosari boshchiligida tashrif buyurgan viloyat boshqarmalari va tijorat banklari boshqaruvchilari ishtirokida tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar muammo va kamchiliklari o’rganildi.

Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida Qal'acha mahallasining Javpaya massivida bo’lgan Habib Sirojiddinov mazkur kengliklarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan barpo etilgan o’rikzor plantatsiyasini ko’zdan kechirdi. Mazkur hududda amalga oshirilgan ishlar xususida mutasaddilar tomonidan ma'lumotlar berildi.

Tuman bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda viloyat vakillari, tuman hokiimi o’rinbosarlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirok etishdi. Viloyat hokimi birinchi o’rinbosari mazkur muloqotda so’z olib, o’rganishlar jarayonida barcha jabha va sohalar manzilli o’rganilganligi, sohalardagi kamchilik va muammolarga barham berish, kambag’allikni qisqartirish, tumanni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, “mahallabay” tizimi asosida kambag’allikni qisqartirish, aholi muammolari bilan ishlash, soliq tushumlari, byudjet muammolari, xizmat ko’satish, servis xizmatidagi kamchiliklarni bartaraf etish har bir rahbardan mas'uliyat talab etilishini, mas'uliyatsizlik va loqaydlikka yo’l qo’ygan rahbarlarning vazifasida qolish qolmasiligi masalasi ko’rilishini ta'kidlab, aniqlangan muammo va kamchiliklarni hamjihatlikda bartaraf etish bo’yicha barcha mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi.

Ochiq muloqot jarayonida tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar o’z muammo va kamchiliklari xususida viloyat hokimi birinchi o’rinbosariga murojaat etidilar. Aksariyat muammolar, ayniqsa, kredit masalasidagi murojaatlar joyida hal etildi va viloyat miqyosida hal etiladigan masalalar bo’yicha aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram