Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISQA SATRLARDA

×

 2023-08-18 16:47:06    143

PDF yuklash
Chop etish


Qisqa satrlarda

“Obodonlashtirish oyligi” doirasida tumanimiz uzra amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida olib borilayotgan ishlar e'tirofga loyiq.

Xabaringiz bor, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida yangi sel yo’li qurish uchun ishlar boshlab borilgan. Mazkur ishlar bugun jadallik bilan davom etmoqda.

Tul mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham “Obodonlashtirish oyligi” doirasida ishlar avj olgan. Bu ishga “Toza hudud” korxonasinig tuman bo’limi ham mahalla bilan hamkorlik qilayotir.

1-sektorning barcha mahallalarida “Obodonlashtirish oyligi“ doirasida hasharlar tashkil etilayotir. Sohibkorliklar ham ushbu yumushda namuna ko’rsatishmoqda.

Tul mahalla fuqarolar yig’ini aholisi tomonidan ibratli yumush. Mahalla ahli ko’cha tomonda o’rnatilgan eski devorlarni buzib, mahallaning ko’rkam ko’rinishiga zamonaviy devorlar bilan hissa qo’shishmoqda.

Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida ham ishlar qizg’in. Mahallaning “Jarayon” ko’chasini asfaltlashtirish uchun dastlabki shag’allashtirish ishlari bajarilmoqda va ayni kunda mahallada asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Tul mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, “Temir daftar” ruyixatiga kiritilgan Tanzila Mirzoyevaga homiylik mablag’lari asosida tuman hokimi tomonidan yangi uy qurib berilgan edi. Endi mahalla mutasaddilari sa'y-harakati bilan mazkur fuqaroning xonadoniga ichimlik suvi tarmog’i tortib berildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga o’z-o’zini band qilish maqsadida turli ko’maklar ko’rsatilmoqda. Sohibkor mahallasida yashovchi fuqaro Gulzora Isomiddinovaga hokim yordamchisi tavsiyasi bilan tikuv mashinasi taqdim etildi.

Tul mahalla fuqarolar yig’iiida aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Mahallaning tik qudug’i suv nasosi nosoz holatga kelganligi bois, mazkur dastgoh “Yangi avlod qurilish invest” MChJ ishchilari tomonidan ta'mirlanmoqda.

Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida ham elektr energiyasi ta'minotida ishlar olib borilmoqda. Nosoz holatga kelib qolgan transformator tuman ETK xodimlari tomonidan ta'mirlanib o’rnatib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram