Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MIB XABARLARI

×

 2023-08-17 17:05:46    97

PDF yuklash
Chop etish


MIB xabarlari


o’x tumanida ayol o’z kelinlik uyiga qaytdi!


So’nggi vaqtlarda o’zaro kelishmovchilik sababli nikohdan ajrashayotgan taraflarning navbatdagi nizolari uy-joy nizolaridan iborat bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, ota-onasining uyiga arazlab ketib qolgan yosh kelinchaklar ham, “chiqqan qiz chig’iriqdan nari”-degandek, qaytib kelsalar sig’may qolishlari tabiiy holga aylanib ulgurdi. Bu holatda begunoh farzandlarning ikki o’rtada sarson-sargardon bo’lishlari, uysiz-joysiz, ota yoki ona mehrisiz qolishlari haqida gapirish esa eng achinarlisidir.


O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 32-moddasiga asosan, uy, kvartira mulkdorining oila a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko’chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo’lmasa, uydagixonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o’zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko’chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a'zolarini esa, uy mulkdorining roziligi bilangina ko’chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.


☄️Sudning hal qiluv qaroriga asosan uyga kiritish yoki chiqarish lozim bo’lganda, qarzdor taraf doimo da'vogar taraf bilan o’zaro muammolari haqida ro’kach qilib, davlat ijrochilariga qarshilik ko’rsatadi. Ushbu turdagi sud hujjatlarini ijro etishda davlat ijrochilariga qo’shimcha mas'uliyat yuklatiladi.


Jumladan, Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi ish yurituvdagi FIB So’x tuman sudining 17.05.2023 yildagi qaroriga asosan davogar D.Odiljonovaning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga javobgar S.Odiljonovning foydalanishida bulgan So’x tumani Tul M.F.Y Surati ko’chasida joylashgan uyning yashash xonalari va ko’shimcha xonalar hamda kommunal xizmatlardan foydalanish huquqi bilan doimiy yashash uchun majburiy kiritib qo’yish kursatilgan bo’lib, uyga kiritish to’g’risidagi ijro hujjati Byuroning So’x tuman bo’limi ish yurituviga kelib tushgan.


Byuroning tuman bo’limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to’g’risida qaror qabul qilinib taraflarga ijro qilish uchun topshirilgan. Qarzdor fuqaro tomonidan ona va bolalarni uyga kiritmay qarshilik ko’rsatib kelgan.

 

Joriy yilning 12 avgust kuni kuni Byuroning tuman bo’limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvchi D.Odiljonova va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari sud qarorida ko’rsatilgan manzilga xolislar ishtirokida majburiy tartibda kiritib kuyilishi taminlandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram