Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANNING QIZILQIYOQ VA OFTOBRU MAHALLALARIGA “UZ MOBILE” ALOQA STANTSIYALARI DASTGOHLARI O’RNATILDI

×

 2023-08-16 09:07:25    108

PDF yuklash
Chop etish


Tumanning Qizilqiyoq va Oftobru mahallalariga “Uz Mobile” aloqa stantsiyalari dastgohlari o’rnatildi

Bugungi kunimizni uyali aloqa vositalari, internet tarmog’isiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu vositalar bugungi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Qaysi go’shada bo’lmasin, bugun bizning fuqarolarimiz olamda bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlardan ushbu vosita orqali xabardor bo’lishmoqda.

Aytish lozimki, Respublikamizning eng chekka hududi bo’lmish So’x tumanida ham ushbu yo’nalishda arzirli ishlar amalga oshirildi. So’x tumanida Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan 4798-sonli qaroriga asosan yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida zamonaviy radiorele qurilmasini o’rnatish orqali magistral telekommunikatsiya tarmog’ining o’tkazuvchanlik qobiliyatini 10 baravarga oshirish, optik GPON texnologiyasi asosida 512 portga teng qurilmalar o’rnatish, tuman markazi hamda Lenburg mahalla fuqarolar yig’ini telekommunikatsiya transport tarmog’i bilan ulash maqsadida 20 kilometr optik tolali aloqa liniyalarini tashkil etish ishlari amalga oshirildi.

Oldingi yillar So’x tumani aholisining milliy aloqa operatorlari xizmatidan foydalansh ko’rsatgichi juda past edi. So’xliklar bugungi kunda asosan “Uz Mobile” va “Uztelecom” aloqa vositalaridan foydalanishadi. Ushbu aloqa operatorlari foydalanuvchilarining soni yana salkam 6 000 nafarga ko’paydi. Chunki aloqa sifati past bo’lgan Qizilqiyoq va Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini hududiga “Uz Mobile” aloqa kompaniyasi stantsiyalari o’rnatildi.

Taraqqiyot bilan hamohang tarzda bizning ongu shuurimiz ham o’zgarib bormoqda. Tuman ahli bugun Internet tarmog’ini yanada qulayroq yetkazib beradigan “wi-fi”dan ham bemalol foydalanishmoqda. Tumandagi barcha ijtimoiy soha ob'ektlari, maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi muassasalarga ham ushbu vositalar o’rnatib berilgan.

“O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg’ona filiali “Uz Mobile” hududiy bog’lanmasi So’x tumani bo’limi yetakchi mutaxassisi Xusravjon Sherovning so’zlariga ko’ra, aloqa vositalarini yaxshilash maqsadida o’rnatilgan har bir stantsiyanig balandligi 16 metrdan 48 metrgacha yetadi. Misol uchun, Tul mahallasida o’rnatilgan machtaning balandligi 48 metr bo’lsa, Qizilqiyoq mahallasi va Oftobru mahallasi adirligida o’rnatilgan machtalarning balandligi 24 metrni tashkil etadi. Ushbu stantsiyalarning o’rnatilishiga salkam 10 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi va bu albatta, xalqimiz manfaatini ko’zlab amalga oshirilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Berilayotgan e'tibor va yaratilayotgan qulayliklardan eng asosiysi, xalqimiz minnatdor. Chunki qilinayotgan har bir ezgu amal xalqimizning islohotlardan rozi bo’lishlariga qaratilgan.

Mutaxassislarning ma'lumotiga ko’ra, Finlandiyaning “Nokia” kompaniyasi tomonidan o’rnatilgan zamonaviy OLT qurilmalari tufayli tumanning eng chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholi GPON texnologiyasi imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ha, berilayotgan e'tibor tufayli bugun Respublikamizning eng chekka hududi So’x tumani ham olamga yuz tutmoqda va bu e'tibor tufayli jahon ham So’x tumaniga yuz tutadi degan umiddamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram