Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-08-15 19:28:06    92

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Konstitutsiyamizning 39-moddasi:

“O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”.

Fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etishi eng asosiy siyosiy huquqlardan hisoblanadi.

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o’z faoliyati yoki o’qishi turi bo’yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o’z ustavi asosida faoliyat ko’rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.

Siyosiy partiya – O’zbekiston fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashmasi.

Jamoat birlashmasi – o’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma.

Xamdamov Javohirbek Sherzodbek o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram