Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 187 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-08-07 17:41:08    93

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Konstitutsiyamizning 40-moddasiga asosan “Har kim bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishi shart”.

Murojaat qilishi huquqi har bir shaxsga tegishli, uni jamoaviy shaklda ham amalga oshirish mumkin.

Ariza – huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.

Taklif – davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan murojaat.

Shikoyat – buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to’g’risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Murojaatlarni ko’rib chiqish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo’lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.

Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran 1 oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.


Xamdamov Javohirbek Sherzodbek o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram