Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHIMLIK SUVI BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR BOSQICHMA BOSQICH HAL ETILMOQDA

×

 2023-08-02 17:56:42    131

PDF yuklash
Chop etish


Ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar bosqichma bosqich hal etilmoqda

Tumanimizda davlatimiz rahbari e'tibori asosida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashdagi muammolar bosqichma bosqich hal etilmoqda. Tumanimizda bo’lib turgan viloyat vakillari ishtirokida hududlardagi muammolar o’rganilmoqda.

So’x tumani prokuraturasi xodimlari, "Yangi Avlod" mas'uliyati cheklangan jamiyati ish yurutuvchisi M. Ahmedov Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida bo’lishdi va tuman Kengashi deputati ishtirokida ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar o’rganildi. O’rganish davomida tez orada ushbu mahalla va tumandagi qolgan mahallalar ham toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishi ta'kidlandi.

Qayd etish lozimki, ichimlik suvi ta'minotidagi muammolarni bartaraf etishga doir tuman hokimligi nomidan mutasaddi tashkilotlarga bir necha marotaba aloqa xatlari ham chiqarilgan. Shu bois, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish va aholiga ichimlik suvi yetkazib berish masalasi kunning dolzarb mavzusiga aylanib kolgan.  

Bildirilgan fikrlar va olib borilayotgan amaliy ishlarga ishonch bildirib, mahalla raisi S. Nishonov amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatiga xizmat qilishini qayd etdi va buning uchun mahalla soha vakillariga ahli o’z minnatdorchiligini bildirishdi.

Shuning barobarida, mahalla raisi va tuman Kengashi deputati S. Nishonov ishtirokida mahalaldagi barcha tizimlarda “deputatlik nazorati” o’rnatilgan. O’rganish va nazorat amaliyoti jarayonida mutasaddilarga kerakli tavsiyalar berilyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram