Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MIB MA'LUMOTI

×

 2023-08-01 18:42:47    143

PDF yuklash
Chop etish



ALIMENTDAN VOZ KEChSA, QAYTA ARIZA BERA OLMAYDIMI?

Savol: Men alimentdan voz kechganman. Hozirgi kunda aliment undirsam bo’ladimi?


Javob: Siz bemalol qayta murojaat qilishingiz mumkin. Oliy sud Plenumining 29.07.2016 yildagi 11-son “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta'minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo’yicha qonunchilikni qo’llash amaliyoti to’g’risida”gi qarori 23-bandiga ko’ra sudlarning e'tibori, aliment undirish haqidagi ish bo’yicha da'vogarning da'vodan voz kechishi yoki taraflar kelishuv bitimi tuzishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishiga, agar bu bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasa, yo’l qo’yiladi.

Holat o’zgarganda, da'vogarning aliment undirish to’g’risidagi talab bilan sudga qayta murojaat qilishi istisno etilmaydi.

Yuqoridagi qoidaga ko’ra Siz aliment undirish bo’yicha qayta murojaat qilishga haqlisiz.

 

MIB So’x tuman bo’limi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram