Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TARIQ QISHLOG’I HUDUDIDAN QADIMIY ODAMLAR ISTIQOMAT QILGAN G’OR TOPILDI

×

 2023-07-27 20:12:36    152

PDF yuklash
Chop etish


Tariq qishlog’i hududidan qadimiy odamlar istiqomat qilgan g’or topildi

Hech bir xalq yoxud millat o’z tarixini bilmasdan turib, o’z kelajagini belgilab yoki qura olmaydi. Vatan tarixini eng avvalo, o’sib kelayotgan yosh avlodga o’rgatish, ularni milliy g’urur va iftixor ruhida tarbiyalash bizning asosiy vazifalarimizdan iborat.

So’x tumani mana shunday boy tarixga ega bo’lgan hududlardan. So’x tarixini o’rganishda harakat qilayotgan olimlar va tarixchilarning fikricha, hali bu ko’hna va navqiron go’shaning ochilmagan qirralari juda ko’p.

Chashma mahalla fuqarolar yig’inidagi Tariq qishlog’i purviqor tog’lar etagida joylashgan. Asosan bog’lardan iborat bo’lgan bu qishloqning o’ziga xos tarixi bor. So’xlik tarixchi olim Farhodjon Jo’rayevning so’zlariga ko’ra, mana shu purviqor tog’lardan topilgan g’or bu yerning qadimiy odamlar yashagan makon ekanligini isbotlaydi.

Tarixchining ma'lumotiga ko’ra, “Bog’i Hoshim” hududidan topilgan g’or paleolit davriga mansub bo’lib, “Qambardev – 1” deb ataladi.

- Arxeolog olimlar Abdulhamid Anorboyev va Konstantin Kraxmal bilan ushbu hududda tadqiqot ishlari olib bormoqdamiz. Bu yerdan topilgan kulolchilik mahsulotlari va sopol idishlarning qoldiqlari uning qadimiy maskan ekanligidan dalolat beradi, - deydi tarixchi olim biz bilan suhbatda.

Qishloq fuqarosi Habibjon Eranovning so’zlariga ko’ra, ushbu tog’ cho’qqisida “dudbon” ham bor ekan. “Dudbon” o’ziga xos ogohlantiruvchi alomat sanalib, “dudbon”dagilar dushman kelishini olov va tutun yordamida aholiga yetkazishgan.

Ushbu hudud “O’zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tomonidan tasvirga olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram