Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON TARIXI” TELEKANALI IJODKORLARI SO’X TUMANIDA!

×

 2023-07-27 19:26:02    102

PDF yuklash
Chop etish


“O’zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari So’x tumanida!


So’xning o’ziga xos, go’zal tabiatidan bahramand bo’lgan har bir inson borki, har gal ushbu notakror go’sha sari intilaveradi. 2018 yilning yoz faslida tumanimizda mehmon bo’lgan “Dunyo bo’ylab” telekanalining “Suv yoqalab” dasturi ijodkorlari bugun yana So’x tumanida!


Tumanga tashrif buyurgan ijodkorlar So’x va ushbu betakror go’shaning tarixi va odamlari haqida yangi formatda ko’rsatuv tayyorlash maqsadlari bor. “O’zbekiston tarixi” telekanalining muxbiri Ulug’bek Hamroqulov, ushbu telekanalning rejissyori va texnik xodimlari tumanimizning Obishirsoy, Hushyor, Tariq, Rovon mahallalarida bo’lib, ko’rsatuvning dastlabki lavhalarini tasvirga olishdi.


Tasvirga olish jarayonlari davom etadi va o’rganishlar jarayonida tuman tarixining ochilmagan qirralari ham kashf etilmoqda. So’x xalqining “Taqdirlar”i “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Abadiyat oralab” ko’rsatuvi orqali namoyish etiladi. 


Tasvirga olish jarayonlaridan Sizni xabardor qilib boramiz.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram