Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XATLOV NATIJASIDA ANIQLANGAN IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLARGA E'TIBOR KO’RSATILYAPTI

×

 2023-07-22 18:46:08    115

PDF yuklash
Chop etish


Xatlov natijasida aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga e'tibor ko’rsatilyapti

Jismoniy imkoniyati cheklangan, xastalik yostig’iga mixlanib qolgan, nogironligi bor fuqarolarimiz har doim e'tiborda. Respublikamizda bunday insonlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy kumak berish, manfaatlarini himoyalashga katta e'tibor qaratilgan.

Ayni kunda Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan xatlov jarayonlari ham ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga amaliy ko’mak ko’rsatishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Bu ishga Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini oltiligi tomonidan ham maxsus e'tibor berilgan.

- Mahallamizda o’tkazilayotgan xatlov jarayonlarida biz mahalla beshligi va patronaj hamshiralar bilan birgalikda har bir xonadon va oila a'zolari bilan alohida suhbatlashyapmiz. Aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimizga vaqtida yordam qo’lini cho’zishga harakat qilyapmiz. Mana bugun ham uch nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimiz xonadonlariga homiylarni jalb etgan holda kirib bordik, - deydi Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Sayramxon Turg’unaliyeva.        

Tuman hokimligining oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i, tuman hokimi o’rinbosari Madinaxon Safarova hamda Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari bugun hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan uchrashdi. O’zaro hamkorlikda bir guruh mahalladagi ehtiyojmand va nogironlar holidan xabar olindi, ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Bunday tashrif va e'tibordan mamnun bo’lgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o’z minnatdorliklarini samimiy so’zlar bilan izhor etishdi. Xatlov natijasiga ko’ra, har bir ehtiyojmand fuqaroga alohida e'tibor ko’rsatiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram