Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH OYLIGINING BIRINCHI O’N KUNLIGI TAHLIL ETILDI

×

 2023-07-22 18:03:38    102

PDF yuklash
Chop etish


Yong’in xavfsizligini ta'minlash oyligining birinchi o’n kunligi tahlil etildi

Respublikamiz hududlarida O’bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 418-sonli farmoyishi hamda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 270-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida mutasaddi idoralar vakillari tomonidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur farmoyishlarga asosan Respublikamizda yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri o’tkaziladi.

10 iyuldan 10 avgustgacha davom etadigan mazkur oylikni o’tkazishdan assosiy maqsad aholi, fuqarolarimizni yong’in balosidan asrash, ularni xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Tuman madaniyat markazida bo’lib o’tgan tadbirda barcha korxona tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etishdi. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga oylik doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar yorqin misollar orqali yetkazildi.

Aytish lozimki, ayni kunda oylik doirasida yozgi dam olish va sog’lomlashtirilish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sog’lomlashtirish maskanlarida yong’in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirda shuningdek, o’ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob'ektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo’lgan boshqa ob'ektlar, shuningdek, odamlar ko’p yig’iladigan joylarda yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta'minlash, 2023/2024 o’quv yilida oliy ta'lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha test sinovlari o’tkaziladigan ob'ektlarning yong’inga qarshi holatini talab darajasiga keltirish, o’rmon fondi ob'ektlarini yong’indan qo’riqlash va uy-joy fondi ob'ektlarining yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha hamkorlikda amalyi ishlarni olib borish yuzasidan takliflar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram