Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 193 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG’INGA QARSHI KURASH OYLIGI TARG’IBOT TADBIRLARI BILAN DAVOM ETMOQDA

×

 2023-07-20 18:56:44    132

PDF yuklash
Chop etish


Yong’inga qarshi kurash oyligi targ’ibot tadbirlari bilan davom etmoqda

Yurtimizda 10 iyuldan 10 avgust kuniga qadar yong’in xavfsizligini ta'minlash maqsadida “Dolzarb 30 kun” tadbiri o’tkaziladi. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan tadbirlar ayni ushbu maqsadni o’zida majassam etgan.  

Tumanimiz markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan tadbirda hududda joylashgan mahallalar mutasaddilari, bozor ma'muriyati va savdo-sotiq bilan shug’ullanadigan fuqarolar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yong’inlarning kelib chiqish sabablari va yong’in chiqqanda harakatlanish yo’llari va usullari ishtirokchilarga tushuntirildi va yong’inga qarshi kurashda ishlatiladigan asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari bo’yicha ma'lumot berildi. Yong’inlarni odini olish va unda harakatlanishga doir amaliy mashqlar ko’rsatildi.

Rovon mahalla fuqarolar yig’ini beshligi ishtirokida ham savdogarlar o’rtasida targ’ibot ishlari olib borildi. Asosan ularga bozor hududini toza va ozoda tutish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram