Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 222 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH OYLIGI DOIRASIDA O’TKAZILAYOTGAN TADBIRLAR

×

 2023-07-18 17:30:20    95

PDF yuklash
Chop etish


Yong’in xavfsizligini ta'minlash oyligi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlar

Ma'lumki, Respublikamiz hududlarida 10 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari o’tkazilishi belgilangan. Mazkur oylik doirasida tumanimizda ham keng qamrovli targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Bunday targ’ibot tadbirlari tumanimizdagi bozorlarda, maktabgacha ta'lim muassasalarida o’tkazilmoqda, chunki odamlar ko’p to’planadigan joylarda targ’ibot tadbirlarini samarasi ham yaxshi bo’ladi. Tashkil etilayotgan mazkur tadbirlarda tuman favqulodda vaziyatlar bo’limining yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’linmasi xodimlari mavzu bo’yicha fuqarolarimizga asosan amaliy mashg’ulotlar orqali tushuncha va ma'lumotlar berishyapti.

Safarbar etilgan shaxsiy tarkib va o’t o’chirish texnikasi orqali amaliy mashqlar o’tkazilyapti. Yong’inga sbaba bo’ladigan asosiy omillar, yong’in chiqqanda qilinadigan eng birinchi harakatlar yuzasidan ma'lumotlar berilyapti.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarida ham bunday tadbirlar o’tkazilyapti. Bunday targ’ibot tadbirlarida yosh avlodga yong’in va uning oqibatlari haqida ma'lumotlar berish barobarida, yong’inga qarshi kurashda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida va ularning ishlash tirtibi bo’yicha amaliy mashqlar orqali ma'lumotlar yetkazilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram