Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 171 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH BO’YICHA TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2023-07-15 16:57:45    104

PDF yuklash
Chop etish


Yong’in xavfsizligini ta'minlsh bo’yicha targ’ibot tadbiri o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil

5 iyuldagi 418-sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning 10 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar yurtimiz bo’ylab yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlarini amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur oylik doirasida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan joylarda targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

- Yong’inlar asosan ota-oanalarning bee'tiborligi va yosh bolalarni qarovsiz qoldirish natijasida yuzaga keladi. Statistik ma'lumotlar ham ushbu ko’rsatgich yuqoriligini tasdiqlaydi. Shuning uchun, yong’ilarni oldini olishga qaratilgan amaliy targ’ibot va tashviqot ishlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida, yozgi dam olish kunlari esa, bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida o’tkazish lozim, - deydi So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidov.

Tumandagi bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohida tashkil etilgan tadbir ham ayni tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tavshabbusi bilan tashkil etildi. Oromgoh pedagogik jamoasi va oromgohda dam olayotgan bolajonlar ishtirok etgan mazkur tadbirda yong’inlarni oldini olish va yong’in chiqqanda birinchi yordam ko’rsatish usullari bo’yicha ma'lumotlar yetkazildi.

Amaliy mashqlar orqali yong’in o’chirish moslamasidan foydalanish, yong’in tufayli zarar ko’rganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish usullari amaliy mashqlar orqali namoyish etildi. Tuma favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan yong’in bo’yicha zaruriy ma'lumotlar yetkazilib, tibbiyot sohasi xodimlari ham ushbu mavzuda bolalarga kerakli tushuntirishlar yetkazishdi.

Tadbir davomida bolalar ham, o’z savollariga mataxassislardan kerakli javoblar oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram