Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIKANDA MAHALLASIDA ASFALTLASHTIRISH ISHLARI OXIRIGA YETKAZILMOQDA

×

 2023-07-14 19:07:16    107

PDF yuklash
Chop etish


Sarikanda mahallasida asfallashtirish ishlari oxiriga yetkazilmoqda

Prezidentimizning hududlar infratuzilmasini rivojlantirishga doir qabul qilgan 408-sonli qaroriga asosan viloyatimizning anklav hududi bo’lmish So’x tumanida ham keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Chekka hududlarda amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar xalqimizning shodligi va xursadchiligiga sabab bo’layotir.

Qarorga muvofiq, tumandagi 15 ta mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida salkam 30 millaird so’m mablag’ yo’naltirilgan va tumanning aksariyat mahallalarida amaliy qurilish-ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilgan. Tumandagi Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inidagi ichki ko’chalar ham ayni ushbu qaror asosida asfaltlashtirilmoqda.

408-sonli qarorga muvofiq Sarikanda mahallasining 8,6 kilometr yo’llari asfaltlashtirish rejasiga kiritilgan. Bugun tuman yo’lsozlari mazkur mahallaning oxirgi ko’chasi – “Baliqchi” ko’chasiga asfalt qoplamasi yotqizishmoqda:

Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini ichki ko’chalariga asfalt qoplamasi yotqizish maqsadida davlatimiz byudjetidan salkam 3 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi. Tekis va ravon ko’chalarda harakatlanayotgan piyoda va yo’lovchilar borki, bunday e'tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik izhor etishmoqda. Zotan, qilinayotgan har bir ish va ezgu amal xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram