Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA 1-3 AVGUST KUNLARI FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN RESPUBLIKA AHAMIYATIDAGI MAXSUS-TAKTIK O’QUV MASHQLARI O’TKAZILADI

×

 2023-07-14 18:59:35    80

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida 1-3 avgust kunlari favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan Respublika ahamiyatidagi maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkaziladi

So’x tumani o’ziga xos jug’rofik mavqe' va joylashuvga ega tuman hisoblanadi. To’rt tomoni purviqor tog’lar bilan o’ralgan bu go’shada bahor va yoz fasli turli tabiiy ofatlar – sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli yuqori hudud hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2023 yil 6 yanvardagi va Farg’ona viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2023 yil 5 iyul kunidagi buyruqlariga binoan avgust oyining dastlabki kunlarida viloyatimizning So’x va Furqat tumanlari hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining harakatlarini baholash bo’yicha hamkorlikdagi qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlarini tashkil etish va uni o’tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda harakatlanish ko’nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Tuman hokimligi majlislar zalida o’tkazilgan ochiq muloqotda har besh yilda bir marotaba viloyat va Respublika miqyosida o’tkaziladigan mazkur maxsus mashqlarga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish muhokama qilindi. Tadbirga tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va unda tuman fuqaro muhofazasi tizimi tarkibiga kiruvchi barcha korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga mazkur tadbir o’zining ahamiyatliligi bo’yicha bevosita respublika va viloyat rahbarlari diqqat markazida ekanligi va uni yuqori saviya va tayyorgarlik bilan o’tkazilishi lozimligini ta'kidlagan tuman hokimi barcha ushbu tadbirga biriktirilgan rahbarlarga sohaviy ko’rsatma va topshiriqlar berdi. Tadbirga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi.

Rejaga muvofiq So’x tumanida qo’mondonlik-shtab o’quv mashqining maxsus-taktik o’quv mashqlari va amaliy tadbirlar 1-3 avgust kunlari o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram