Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI YETMISH UCHINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-07-12 18:45:14    79

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi yetmish uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq yetmish uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. Tuman Kengashining namunaviy Reglamentiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.


2. Oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash dasturini ijrosi, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta'minlash borasida amalga oshiralayotgan ishlar to’g’risida.

 

3. 2023 yilning 6-oyi davomida tumanda elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta'minotini yaxshilash maqsadida tuzilgan “Yul xaritasi” ijrosi to’g’risida.


4. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini fa'oliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikga oid tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash yuzasidan, Andijon va Farg’ona viloyatlarida olib borilayotgan ishlari holatini o’rganish natijalari asosida, So’x tumanida ushbu sohada qilinayotgan ishlar to’g’risida.


5. Hududlarda aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida.

 

6. “Saxovat va ko’mak” jamg’armasiga tushgan mablag’larni

tasarruf etish to’g’risida.

 

7. Bolalar masalalari bo’yicha So’x tuman komissiyasi tomonidan joriy yilning o’tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.

 

Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev so’zga chiqib, tuman Kengashining namunaviy Reglamentiga kiritilgan o’zgartirishlar xususida ma'lumot berdi. Reglamentning har bir bandi va moddasi tushuntirib berildi.  

Ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ma'ro’za qildi va o’z so’zida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida fuqarolarga berilgan kredit mablag’lari xususida ma'lumot berdi.

Masala yuzasidan “Agrobank”  aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvchisi Pulatjon Xudoyberganov, “Xalq bank” boshqaruvchisi Numonjon Sadirbekov va tuman “Mikrokreditbank” boshlig’i Behro’z Enazarovlar berilgan kredit summalari va kreditlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan tegishli axborotlar berishdi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sessiya ishtirokchilariga So’x tuman elektr ta'minoti korxonasi rahbari Sherzod Rahimov ma'lumot berdi va bajarilgan ishlar qatorida rejaga kiritilgan ishlar ruyixatini ham deputatlarga taqdim etdi.

Tuman hokimining o’rinbosari Adhamjon Safarov sessiya kun tartibidagi to’rtinchi masalaga oid ma'lumot berdi. Mazkur masalaga oid deputatlar savol berib, javoblar olishdi. Sessiya qaroriga ko’ra, tumanda tashkil etilgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladigan maxsus komissiyasi tomonidan qayta o’rganiladigan bo’ldi.

Kun tartibidagi beshichni masala xususida tuman  kambag’allikni qisqartirish va bandlikga ko’maklashish bo’limi boshlig’i G’anijon Melnikov ma'lumot berdi va tumanda ushbu dolzarb masala ijrosi va natijadorligi xususida o’z fikrlarini bayon etdi.

So’x tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov tomonidan “Saxovat va ko’mak” xayriya jamg’armasi hisobidan qilingan moddiy va amaliy yordamlar xususida yig’ilganlarga ma'lumot berildi. Qilingan murojaatlar va turli mavzularda yordam so’rab murojaat etgan fuqarolarga ko’mak berish maqsadida jamg’arma fondida mavjud bo’lgan zaxira mablag’ini tasarruf etilishi deputatlar tomonidan ma'qullandi.                 

Sessyai kun tartibidagi oxirgi – yetttinchi masala yuzasidan tuman bolalar masalalari bo’yicha sho’'ba mudiri Otabek Egamberdiyev tomonidan sessiya ishtirokchilariga ma'lumotlar yetkazildi. Ushbu masala yuzasidan qabul qilishga tayyorlangan qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiyada qo’shimcha sifatida kiritilgan masala – “Openbyudjet” tizimi orqali g’olib deb topilgan to’rtta loyiha mablag’larini tasdiqlash xususida tuman moliya bo’limi boshlig’i Zayliddin Iskandarov ma'lumot berdi va ushbu masala ham deputatlar ovozi bilan tasdiqlandi.      

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram