Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 186 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BERILAYOTGAN E'TIBOR INSON MANFAATI BARCHA NARSADAN USUTUN EKANLIGI NISHONASIDIR

×

 2023-07-06 17:12:44    85

PDF yuklash
Chop etish


Berilayotgan e'tibor inson manfaati barcha narsadan usutun ekanligi nishonasidir

Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ularning murojaati asosida turli ko’rinishidagi amaliy ko’maklar ko’rsatilmoqda. Ushbu ezgu amallar tumanimizda faoliyat olib borilayotgan turli tizimlar orqali ham amalga oshirilayotir.

Chashma mahalla fuqarolar yig’ini “Buloqboshi” ko’chasida yashovchi, nogironligi bor fuqaro Mirzobekov Farruxjon Akilbekzoda ham moddiy yordam so’rab, murojaat etgan. Ushbu fuqaro yashaydigan xonadonning tom qisimini yopish uchun shifer mahsuloti O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqlash bo’limi tomonidan manzilli yetkazib berildi.

So’x tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, tuman hokimligi va “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan ham ehtiyojmand oilalarga muntazam amaliy ko’maklar ko’rsatilib kelinmoqda. Sektorlar kesimida ham yaqinda bevosita sektorlar rahbarlari ishtirokida ko’p bolali va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va sarpolar yetkazib berildi.

Albatta, qilingan ehson yoxud amaliy ko’maklarni yoritish yuzasidan fuqarolarimizdan turli so’zlar va talqinlar eshitamiz. Bizning asosiy maqsadimiz hukumat va turli tizimlar tomonidan inson manfaatiga qaratilgan ishlar va xayrli amallarni esga solishdan iborat xolos. Chunki bizning mamlakatmizda inson manfaati barcha narsalardan ustun turadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram