Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHOXIDAN ENDI UZILGAN MEVA TA'MINI TOTGANMISIZ?

×

 2023-07-06 17:01:06    94

PDF yuklash
Chop etish


Shoxidan endi uzilgan meva ta'mini totganmisiz?

Ayni yoz chillasida bobodehqonlarning yumushi ko’payadi. Birin ketin pishib yetgan mevalar va poliz mahsulotlarini yig’ishtirib olayotgan So’xlik mirishkorlarga iyul oyining jaziramasi cho’t emas. Peshona teri bilan yetishtirilgan barcha mahsulotlar yig’ishtirib olinishi kerak. Bu bozorlar mo’l-ko’lligi va dehqon uchun daromad manbai deganidir.

Biz ham bugun “Ozod” shirkat xo’jaligida faoliyat olib borayotgan bog’bonlar huzurida bo’ldik va ularning kundalik yumushlariga guvoh bo’ldik. Bog’lardagi g’arq pishgan sarhil mevalar havasinigizni keltirmay qo’ymaydi. Shoxidan endi uzilgan mevaning ta'mini totish odamga o’zgacha ruhiyat baxsh etarkan.

- 3 gektar bog’imiz bor. Asosan o’rik, olma, gilos, olxo’ri, shaftoli, behi nihollari eilgan bog’imizdan bu yili umidimiz katta. Chunki bu yil bobodehqonlar uchun juda fayzli va barakali keldi. Ayni damda tumanimizda eksportbopligi bilan ajralib turadigan olxuri mevalarini yig’ishtirib olayapmiz. Barcha oila a'zolarimiz bilan shu ishga bandmiz. Niyatimiz barcha mahsulotlarni terib olish, bozorlarni to’ldirish va albatta, manfaatdorlik ham esimizdan chiqqani yo’q. Bu yili Xudo xohlasa munosib daromad olish niyatimiz bor, - deydi biz bilan suhbatda “Imomaliobod” xususiy bog’dorchilik xujaligi asoschisi Rahmonali-ota Jo’rayev.

Bugun bog’bon oila a'zolari bilan birgalikda o’rikdan bargak qilish, olxo’ri mevalarini ehtiyotkorlik bilan terib olish bilan band. Aytgancha, ushbu bog’dorchilik xo’juligida 8 kishining bandligi ta'minlangan. 60 to’p olxo’rining har to’pidan 400 kilogrammgacha, 360 to’p o’rikdan ham shuncha hosil olish niyatida mehnat qilayotgan otaxonga 13 nafar oila a'zolari yaqindan yordam berishayotir.

Biz ham barcha So’xlik mirishkorlarning xirmoniga baraka tilaymiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram