Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 186 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJRO INTIZOMIGA RIOYA ETISH HAR BIR RAHBARNING ASOSIY VAZIFASI

×

 2023-07-03 16:53:32    96

PDF yuklash
Chop etish


Ijro intizomiga rioya etish har bir rahbarning asosiy vazifasi

Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida faollar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va aksariyat tashkilot va muassasalar rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi eng avvalo, ijro intizomiga qat'iy rioya qilish va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan ijro etish har bir rahbarning asosiy vazifasi ekanligini ta'kidladi.  - Afsuski, o’rtamizda bugun oramizda o’ta mas'uliyatsiz va loqayd rahbarlar ham yo’q emas va bunday rahbarlar o’zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim bo’ladi, - dedi tuman hokimi so’zlari davomida.

Tadbir jarayonida tuman hokimligi bo’limlariga yangi tayinlangan rahbarlar ishtirokchilarga tanshitirildi.

Shu kungacha So’x tumani hokimligi qurilish bo’limi bosh mutaxassisi sifatida ishlab kelgan Muhriddin Boybolayev O’zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining buyrug’iga asosan Farg’ona viloyati So’x tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi boshlig’i lavozimiga;

O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’ining buyrug’iga asosan   O’ktamjon G’oyibnazarov  mazkur tizimning So’x tumani bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. Ushbu mutaxassislarga tuman hokimi omad tiladi.

Shuningdek, tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan Tohirjon Jalilov O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug’iga binoan boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Endilikda Tohirjon Jalilov o’z faoliyatini Farg’ona shahrida davom ettiradi.

Tumandagi So’x televizion studiyasi va “Sadoi So’x” ro’znomasi ijodkorlariga ommaviy ahborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tuman hokimi qimmatbaho va esdalik sovg’alari bilan tashakkurnomalar taqdim etdi. So’x televizion studiyasi guruh rahbari Farhodjon Mirsharipov, ijodiy va texnik xodimlar Jahongir Sobirov, Faridun Parpiyev, Mashhur Hasanboyev, Javohir G’anijonov, “Sadoi So’x” ro’znomasi muharriri Sodiqjon Tohirov va muhbir Rahimberdi Toshmatovlar o’z sovg’alarini tuman hokimi qo’lidan qabul qilib oldilar.

Ochiq muloqot davomida tuman hokimi barcha tashkilot va muassasalar rahbarlariga ishlarni tizimli tashil etish va eng avvalo aholi murojaatlari bilan ishlashda mas'uliyatliroq bo’lishlari bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berdi. Oldimizda turgan siyosiy       jarayonlarga tayyorgarlik ko’rish va uni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan qo’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram