Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 247 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA PENSIYA JAMG’ARMASI RAHBARIYATI TOMONIDAN SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2023-06-22 09:44:00    123

PDF yuklash
Chop etish


Respublika pensiya jamg’armasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o’tkazildi

Aholi muammolarini o’rganish, aniqlash va ularni bartaraf etilishida tashkil etiladigan sayyor qabullar ham alohida o’ringa ega. Bugun Respublikamizda ushbu yo’nalishda alohida tizim yaratilgani eng dolzarb bo’lgan muammolarning yechilishida ham omil bo’layotir.      

So’x tumanida Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori birinchi o’rinbosari Tursunov Zohidxo’ja Orifovich tomonidan tashkil etilgan sayyor qabul ham fuqarolarimiz, ayniqsa, nafaqaxo’rlarning ko’pgina savolariga javob bo’ldi desak, mubolag’a emas.

Tumanimizning So’x mahalla fuqarolar yig’ini “Xalifa Mahmatov” guzarida tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda tumanimiz mahallalaridan tashrif buyurgan fuqarolar, ayniqsa, nafaqa yoshidagi otaxon va onaxonlar ishtirok etdilar. O’tkazilgan mazkur tadbirda fuqarolarimiz o’z muammolari xususida murojaat etdilar.

 

Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori birinchi o’rinbosari Zohidxo’ja Tursunov tomonidan ijtimoiy himoya borasida muammosi, savollari bo’lgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qonunchilikdagi o’zgarishlar, yangiliklar hamda yaratilib berilayotgan imtiyozlar, qulayliklar to’g’risida tushunchalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram