Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 246 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MAKTABLARINING 84 NAFAR BITIRUVCHILARIGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR TAQDIM ETILDI

×

 2023-06-20 17:52:47    100

PDF yuklash
Chop etish


Tuman maktablarining 84 nafar bitiruvchilariga oltin va kumush medallar taqdim etildi

Respublkamizda ta'lim sohasiga, maktabga berilayotgan e'tibor zamirida o’sib kelayotgan barkamol avlodning taqdiri va kelajagi mujassam. Davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan so’zlari bejizga aytilmaganligini bugungi islohotlar samarasidan ham bemalol ko’rishimiz mumkin.

Shuningdek, ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar va maktab partasi ortida umrining 11 yilini o’tkazgan bitiruvchilarni munosib rag’batlantirish ham ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan va tahsil olgan talabalarga katta shavq, zavq, ishtiyoq va motivatsiya berishi tabiiy hol. Bugun millionlab Respublika bitiruvchilari qatorida bizning a'lochi talabalarimiz – umumiy o’rta ta'lim maktablari bitiruvchilariga ham oltin va kumush medallar topshirildi.

Tuman madaniyat markazi majlislar zalida bo’lib o’tgan tantanali tadbirda tuman hokimi va tumanimiz sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi. Farzandlarini tabriklash uchun kelgan ota-onalar ko’zlarida quvonch, zalda o’tirgan barcha muallimlar ko’nglida esa g’urur so’zlarini bemalol o’qiysiz.

Barcha baxtli bitiruvchilarni tabriklab, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Respublikamizda, ayniqsa, So’x tumani misolida yoshlarga berilayotgan e'tibor zamirida Vatanimiz kelajagi mujassamligini qayd etdi. Mana shu e'tiborga bugungi yoshlar munosib bo’lib amaliy mehnat va Vatanga daxldorlik hissi bilan javob berishlari lozimligi tuman hokimi so’zlarida o’z ifodasini topdi.

Bu yil tumandagi umumiy o’rta ta'lim maktablarimizni jami bo’lib 1 139 nafar (656 nafari qizlar) o’quvchilar bitirdilar va ular orasidan 73 nafariga a'lo o’qishlari va namunai xulqlari uchun oltin va 11 nafariga kumush medallar nasib etdi. Oltin va kumush medallar sohiblari o’z mukofotlarini tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri qo’lidan qabul qilib olishdi.

Biz barcha bitiruvchilarni va medallar sohibi bo’lgan So’xlik talaba yoshlar – maktab bitiruvchilarini ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklaymiz. Barcha bitiruvchilarga oliy maktablar talabasi bo’lishdek ulkan baxt nasib etishini chin dildan tilab qolamiz.

Hayotingizdagi ilk mukofot muborak bo’lsin, aziz bitiruvchilar!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram